AsosiyJamiyat

Trump: “Biz Eron bilan muzokara o‘tkazyapmiz”

AQSh prezidenti so‘nggi kunlarda Eron rahbariyati bilan aloqa o‘rnatilganini va muzokaralar davom ettirilishini ma’lum qildi.

'Trump: “Biz Eron bilan muzokara o‘tkazyapmiz”'ning rasmi

AQSh Prezidenti Donald Trump so‘nggi bir necha kun ichida Eron rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazganini va ularni davom ettirish rejalashtirilayotganini bildirdi. U bu haqda Vashingtonda “Melaniya” nomli hujjatli film namoyishi vaqtida gapirgan.

Trumpning aytishicha, ayni paytda AQShning yirik harbiy kemalari Eron tomonga yo‘l olgan. Shu bilan birga, u bu kuchlardan foydalanishga hojat qolmasligiga umid bildirgan.

Jurnalistlar savoliga javob berar ekan, Trump Eron oldiga ikki asosiy talab qo‘yilganini aytgan: mamlakat yadro quroliga ega bo‘lmasligi va norozilik namoyishlarida ishtirok etayotgan fuqarolarga nisbatan zulm qo‘llanmasligi kerak.

Shuningdek, avvalroq OAVda AQSh ma’muriyati Eronga nisbatan turli bosim choralari, jumladan nishonli zarbalar berish imkoniyatlarini ham muhokama qilayotgani haqida xabar berilgan.

    Boshqa yangiliklar