Afg‘oniston poytaxti Kobulning Guldara hududida bo‘lib o‘tgan dafn marosimida tolibanparast mulla Sherali Hamad O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘izistonga qarshi jihod qilishga chaqirdi. Ushbu chaqiriq aks etgan video “Afghanistan International” tomonidan e’lon qilindi.
Ma’lum qilinishicha, mulla ushu bayonotni Ayub (laqabi Zokir) ismli shaxsning janoza marosimida aytgan. Marhum so‘nggi kunlarda Afg‘oniston–Pokiston chegara hududida “Tolibon” va Pokiston xavfsizlik kuchlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda halok bo‘lgan.
Sherali Hamad nutqida Markaziy Osiyo mamlakatlari hamda Pokistondagi siyosiy tuzumlarni keskin tanqid qilib, ularni ag‘darish va “islomiy tuzum” o‘rnatishga chaqirgan. Shuningdek, u Pokistonga nisbatan ham tahdidli bayonotlar bergan.






