Marhum va bolalarning O‘zbekistonga qaytishi bilan bog‘liq barcha xarajatlar Bosh konsulxona hamda Migratsiya agentligi hisobidan qoplandi.
Ma’lum qilinishicha, Durdona Hakimova Istanbulning Fotih tumanida joylashgan “Eskeri melzeme” nomli harbiy kiyim-kechak savdo do‘konining muassisi bo‘lgan. U faol tadbirkor sifatida ko‘plab yurtdoshlarga ko‘maklashib kelgan. Uning farzandlari esa dizaynerlik yo‘nalishida tahsil olgan.
Rasmiylar ijtimoiy tarmoqlarda marhuma shani va qadr-qimmatini kamsituvchi, biryo‘qlama va noxolis izohlar tarqatilayotgani yuzasidan ogohlantirib, bunday harakatlar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkinligini qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, Darakchi.uz avvalroq mazkur fojia tafsilotlari yuzasidan YouTube platformasida material e’lon qilgan edi.






