Chilonzor tumanida Archa ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylar yer to‘lasida o‘zlarini kosmetolog sifatida tanishtirgan er-xotin fuqarolarning yuz terisida jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazib kelgani aniqlandi.
Noqonuniy muolajalar oqibatida bir necha ayollar jabrlanib, tegishli organlarga shikoyat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ish Chilonzor tuman sudida ko‘rib chiqildi.
Sud hukmiga ko‘ra, erkak kosmetolog 3 yil ozodlikdan mahrum etildi, uning rafiqasiga esa xuddi shu moddalar asosida 3 yil ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi.






