AsosiyJamiyat

Janubiy Koreyadagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarosi o‘lgani rad etildi

Janubiy Koreyadagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani haqidagi xabarlar o‘z tasdiqini topmadi.

'Janubiy Koreyadagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarosi o‘lgani rad etildi'ning rasmi

Ommaviy axborot vositalarida Janubiy Koreyada yuz bergan yong‘in oqibatida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani haqida tarqalgan xabarlar tasdiqlanmadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamentining ma’lum qilishicha, mamlakati-mizning Seuldagi diplomatik vakolatxonasi Janubiy Koreyaning vakolatli organlari bilan doimiy aloqada bo‘lib, voqea tafsilotlariga aniq-lik kiritmoqda. Bildirilishicha, halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari mavjud emas.

O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi diplomatlari voqea joyiga borib, vaziyatni o‘rganganlarida halok bo‘lgan shaxs 60 yoshli Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi ekanligi aniqlandi.

    Boshqa yangiliklar