AsosiyJamiyat

Trump yadro quroli bo‘yicha muzokaralarga Xitoyni jalb qilmoqchi.

AQSh prezidenti Donald Trump yadroviy qurollarni nazorat qilish va cheklash bo‘yicha muzokaralarga Xitoyni ham qo‘shish niyatida.

'Trump yadro quroli bo‘yicha muzokaralarga Xitoyni jalb qilmoqchi.'ning rasmi

"Financial Times" nashriyotining AQSh maʼmuriyatidagi manbaga tayanib xabar berishicha, Donald Trump bir necha bor yadroviy qurollar butun dunyo uchun jiddiy tahdid ekanini taʼkidlagan hamda ularni cheklash va nazorat qilish boʻyicha muzokaralarga Xitoyni jalb etish istagini bildirgan.

Shuningdek, nashr Trump Rossiya va AQSh oʻrtasidagi Strategik hujumkor qurollarni qisqartirish toʻgʻrisidagi shartnoma (SNV) amal qilish muddatini uzaytirishga ham rozi boʻlishi mumkinligini taxmin qilmogda.

    Boshqa yangiliklar