AsosiyJamiyat

"А" ва "Б" тоифадаги ҳайдовчилик гувоҳномасини олиш тартиби ўзгарди

2026 yil 1 fevraldan boshlab “A” va “B” toifadagi haydovchilik guvohnamasini olish jarayonida bir qator yangi tartiblar kuchga kirdi.

'"А" ва "Б" тоифадаги ҳайдовчилик гувоҳномасини олиш тартиби ўзгарди'ning rasmi

Yangi tartibga ko‘ra, haydovchilikka oid nazariy bilimlarni endi o‘quv markaziga bormasdan — onlayn yoki oflayn kurslar orqali, shuningdek, mustaqil tarzda o‘rganish mumkin bo‘ladi. Biroq amaliy mashg‘ulotlar majburiy bo‘lib qoladi.

Amaliy mashg‘ulotlar davlat yoki xususiy avto‘quv markazlarida to‘liq o‘tiladi. Shundan so‘ng nomzodlar nazariy va amaliy imtihon topshiradi.

Shuningdek, amaliyotni tugatganlik haqidagi ma’lumotnoma elektron shaklda rasmiylashtiriladi. Avval amal qilgan o‘quv guruhlarini Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (YHXX)da ro‘yxatdan o‘tkazish talabi esa bekor qilindi.

    Boshqa yangiliklar