AsosiyJamiyat

"Bormi og‘riq?" — Iqbol Saliyevga xalq tabobati bilan noqonuniy shug‘ullangani uchun jazo tayinlandi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, tabibda xalq tabobati usullarini qo‘llash orqali tibbiy xizmat ko‘rsatish litsenziyasi mavjud emas.

'"Bormi og‘riq?" — Iqbol Saliyevga xalq tabobati bilan noqonuniy shug‘ullangani uchun jazo tayinlandi.'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini xalq tabobati bilan shug‘ullanuvchi “mutaxassis” sifatida tanitib kelgan Iqbol Saliyevda mazkur faoliyatni amalga oshirish uchun qonunan talab etiladigan litsenziya mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi.

Ma’lum qilinishicha, Saliyev O‘zbekiston Xalq tabobati assotsiatsiyasi a’zoligi haqidagi guvohnomaga ega bo‘lsa-da, ushbu hujjat tibbiy xizmat ko‘rsatish huquqini bermaydi. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, xalq tabobati usullari orqali tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanish faqat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan beriladigan litsenziya asosida mumkin.

Shuningdek, bunday xizmatlarni ko‘rsatish uchun inson anatomiyasi, fiziologiyasi, farmakologiya, diagnostika hamda birinchi tibbiy yordam bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarini tamomlash talab etiladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Iqbol Saliyevda xalq tabobati usullarini qo‘llash orqali tibbiy xizmat ko‘rsatish litsenziyasi mavjud emas. Xalq tabobati assotsiatsiyasi esa mazkur faoliyat bo‘yicha litsenziya berishga vakolatli organ hisoblanmaydi.

Ma’lumot o‘rnida: Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudining 2025 yil 17 dekabrdagi qarori bilan Saliyev Iqbol Pulatovich xalq tabobati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzgani uchun MJtKning 59–5-moddasi 3-qismi asosida 10 sutka ma’muriy qamoq jazosiga tortilgan.

Mutaxassislar fuqarolarni tibbiy xizmat olishda hushyor bo‘lishga, faqat litsenziyaga ega muassasa va shaxslarga murojaat qilishga chaqirmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Braziliyada musobaqa vaqtida stadionning tomi yonib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:38

    Braziliyada musobaqa vaqtida stadionning tomi yonib ketdi

    Hozirda yong‘in sabablarini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

    '“Eng yaxshi prokuror – O‘zbekiston 2026” tanlovi o‘tkazildimi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:27

    “Eng yaxshi prokuror – O‘zbekiston 2026” tanlovi o‘tkazildimi?

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan Bosh prokuratura rasmiy izoh bildirdi.

    'Navoiyda tarbiyachi bolalarni kaltaklagani uchun ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:47

    Navoiyda tarbiyachi bolalarni kaltaklagani uchun ushlandi

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodan so‘ng xususiy bog‘cha tarbiyachisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

    'BFK sifatida sotilgan mahsulot dori ekanligi aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:11

    BFK sifatida sotilgan mahsulot dori ekanligi aniqlandi

    Vakolatli idoralar tekshiruvida qo‘shimcha sifatida sotilgan mahsulot tarkibi dori vositasiga mos ekani ma’lum bo‘ldi.

    'Qirgʻizistonda qalbaki pul savdosi fosh etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:20

    Qirgʻizistonda qalbaki pul savdosi fosh etildi

    Transmilliy jinoyiy guruhga aloqador O‘zbekiston fuqarosi ham qo‘lga olingan.

    'Samarqandda bolalarni urgan ayol ishi sudga oshirildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:57

    Samarqandda bolalarni urgan ayol ishi sudga oshirildi

    1-sinf o‘quvchilariga nisbatan zo‘ravonlik qilgan ona ma’muriy javobgarlikka tortildi.