O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi va “Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Husanov klubda yanvar oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar qatoriga kiritildi. Bu haqda “shaharliklar” matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ushbu sovrin uchun Husanov bilan birga Bernardo Silva hamda Janluidji Donnarumma ham da’vogar sifatida ko‘rsatilgan. G‘olib klubning rasmiy saytida o‘tkazilayotgan ovoz berish natijalariga ko‘ra aniklanadi.
Ma’lumot o‘rnida, Abduqodir Husanov yanvar oyida “Manchester Siti” safida to‘rtta turnir doirasida to‘qqizta uchrashuvda maydonga tushgan. Ayni paytda klub APL jadvalida 47 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.






