Samarqand shahrida "Bonu" laqabli ayol 20 yoshli qizni pul evaziga jinsiy xizmat ko‘rsatishga majburlagani va fohishaxona tashkil qilgani uchun sud qilindi.
U 2025 yil 4 sentyabr kuni 1 soatlik xizmat uchun 800 ming so‘m olgan vaqtda qo‘lga olingan.
Ayblanuvchi 2024 yil noyabr oyida ham xuddi shu jinoyat uchun shartli jazo olgan, ammo sinov muddatida jinoyiy faoliyatini to‘xtatmagan.
Sud uni Jinoyat kodeksining 131-moddasi 4-qismi "b" bandi bo‘yicha aybli deb topdi va o‘talmay qolgan jazosini hisobga olib, uzil-kesil 3 yil 9 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.
Jazo umumiy tartibli koloniyada o‘talishi belgilangan.






