AsosiyJamiyat

Oʻzbekistonda internetda haqorat va shilqimlik uchun alohida javobgarlik joriy etilishi mumkin

Qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.

'Oʻzbekistonda internetda haqorat va shilqimlik uchun alohida javobgarlik joriy etilishi mumkin'ning rasmi

O‘zbekistonda internet orqali haqorat qilish, uyatli so‘zlar bilan so‘kinish va haqoratomuz shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etilishi mumkin. Buni nazarda tutuvchi qonun loyihasi 3 fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Loyihaga ko‘ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 183-1-modda bilan to‘ldirilib, telekommunikatsiya tarmoqlari va internetda jamoat tartibi hamda fuqarolar osoyishtaligini buzuvchi xatti-harakatlar uchun javobgarlik belgilanmoqda.

Deputat Xushvaqt Hayitovning ta’kidlashicha, mazkur norma ijtimoiy tarmoqlarda huquqbuzarliklar ko‘payib borayotgani bilan bog‘liq. U bunday holatlar jamiyatda axloqsizlik va tajovuzkorlik kayfiyatini kuchaytirayotganini qayd etdi.

Shuningdek, "Milliy tiklanish" partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov ham qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi. Uning aytishicha, ijtimoiy tarmoqlarda haqorat va kamsitish uchun 5 million so‘mgacha jarima yoki 10 kungacha ma’muriy qamoq jazosi belgilanishi ko‘zda tutilmoqda.

Qonun loyihasi bilan kodeks yangi 189-3-modda bilan ham to‘ldirilib, internetda o‘z huquqbuzarligini tarqatgan shaxslar uchun ham javobgarlik joriy etilishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar