Toshkent viloyati Chinoz tumanida aliment to‘lovlaridan qasddan bo‘yin tovlab, yashirinib yurgan ota qo‘shnisining uyidan aniqlandi. Bu haqda Bu haqda Zamon.uz ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, Quyi Chirchiq tumanlararo sudining sud buyrug‘iga asosan qarzdor S.D.dan bir nafar voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun daromadining to‘rtdan bir qismi miqdorida aliment undirish belgilangan. Ijro hujjati Byuronning Chinoz tuman bo‘limi ish yurituviga olingan.
Qarzdor bir necha bor ogohlantirilganiga qaramay, 2025 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvargacha jami 21 million so‘m aliment qarzini to‘lamagan. Shundan so‘ng unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida qarzdor qo‘shnisining uyida yashirinib yurgani aniqlandi. Hujjatlar rasmiylashtirilib, ish Jinoyat ishlari bo‘yicha Chinoz tuman sudiga yuborilgan.
Sud qarori bilan S.D.ga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.






