AsosiyJamiyat

Илон Маск бойлиги 800 млрд доллардан ошган биринчи инсон бўлди

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask boyligi 800 milliard dollardan oshgan dunyodagi ilk inson sifatida tarixga kirdi.

'Илон Маск бойлиги 800 млрд доллардан ошган биринчи инсон бўлди'ning rasmi

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, bu holat Maskka tegishli SpaceX kompaniyasi uning o‘ziga qarashli sun’iy intellektga ixtisoslashgan xAI kompaniyasini sotib olganidan so‘ng kuzatilgan. Ushbu bitim Mask boyligini 84 mlrd dollarga oshirib, uni 852 mlrd dollarga yetkazgan.

"Forbes" reytingining ikkinchi pog‘onasidan Google hammuassisi Larri Peyj o‘rin olgan bo‘lib, uning boyligi 281 mlrd dollar deb baholangan.

Ma’lumot uchun, Mask 2021 yil yanvar oyida ilk bor dunyoning eng boy insoniga aylangan, o‘shanda uning boyligi 190 mlrd dollarni tashkil etgan edi.

    Boshqa yangiliklar