AsosiyJamiyat

Markaziy bank to‘lov tizimlariga kiberhujum bo‘lmaganini ma’lum qildi.

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga munosabat bildirgan Markaziy bank to‘lov tizimlariga nisbatan hech qanday kiberhujum qayd etilmaganini bildirdi.

'Markaziy bank to‘lov tizimlariga kiberhujum bo‘lmaganini ma’lum qildi.'ning rasmi

Markaziy bank axborotiga ko‘ra, xakerlik hujumi sabab bank tizimlari yoki to‘lov infratuzilmasiqa zarar yetgani haqida tasdiqlangan ma’lumot yo‘q. Shunga qaramay, fuqarolardan hushyorlikni yo‘qotmaslik so‘ralmoqda.

Xususan, noma’lum havolalarga kirmaslik, bank karta ma’lumotlari, SMS-kodlar va parollarni begonalarga bermaslik, faqat rasmiy manbalarga ishonish tavsiya etildi. Shubhali holatlarga duch kelganda esa tegishli idoralarga murojaat qilish zarurligi qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, 3 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda 15 million o‘zbekistonlikning shaxsiy ma’lumotlari tarqalib ketgani haqidagi xabarlar paydo bo‘lgandi. Mazkur holat yuzasidan hozirda rasmiy tekshiruvlar olib borilmoqda. Avvalroq Toshkentda bank ilovalari orqali fuqarolarning plastik kartalaridagi mablag‘larni o‘zlashtirishga uringan shaxslar qo‘lga olingani ham ma’lum qilingan edi.

    Boshqa yangiliklar