Qayd etilishicha, mazkur ko‘rsatkich 2024 yilga nisbatan 29 taga yoki 5,6 foizga kamaygan. Shuningdek, manfaatlar to‘qnashuviga oid 1 280 ta havf holati aniqlandi, 227 nafar xodim ishdan bo‘shatilgan, 485 nafari rotatsiya qilingan.
Davlat xaridlarida tibbiy jihozlarning kafolat majburiyatlarini nazorat qilish orqali 247 milliard so‘m tejalgan, 10 milliard so‘mlik ortiqcha rejalashtirishning oldi olingan. Ayrim holatlarda jami 5,5 milliard so‘m moddiy zarar aniqlandi, jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Korrupsiyaning oldini olish choralarini yetarli darajada ta’minlamagan mansabdorlarning 91 nafari intizomiy, 11 nafari ma’muriy javobgarlikka tortilgan, 15 nafari ishdan bo‘shatilgan. Bundan tashqari, havf darajasi yuqori bo‘lgan lavozimlar ro‘yxati kengaytirilib, 49 taga yetkazilgan.






