AsosiyDunyo

Shavkat Mirziyoyev “Nishoni Pokiston” ordeni bilan taqdirlandi.

Mukofot Pokiston Prezidenti Asif Ali Zardoriy tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

'Shavkat Mirziyoyev “Nishoni Pokiston” ordeni bilan taqdirlandi.'ning rasmi

6 fevral kuni Islomobod shahridagi “Ayvoni Sadr” qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Pokistonning oliy davlat mukofoti — “Nishoni Pokiston” ordeni topshirildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Marosim chog‘ida Pokiston Prezidenti Asif Ali Zardoriy mukofotni O‘zbekiston rahbariga tantanali ravishda taqdim etgan. Qayd etilishicha, ushbu orden ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlarning e’tirofi, shuningdek, O‘zbekiston xalqiga bo‘lgan do‘stona munosabat va chuqur hurmat ifodasi hisoblanadi.

Tomonlar O‘zbekiston–Pokiston strategik sherikligi mazmun jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilib borishiga ishonch bildirgan.

Ma’lumot uchun, mazkur nufuzli mukofot turli yillarda Buyuk Britaniya Qirolichasi Yelizaveta II, AQSH sobiq prezidenti Richard Nikson, Nelson Mandela, Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on hamda Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon kabi qator nufuzli shaxslarga ham berilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Ummonda AQSh va Eron o'rtasida navbatdagi muzokaralar boshlandi.'ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:24

    Ummonda AQSh va Eron o'rtasida navbatdagi muzokaralar boshlandi.

    Ummonda AQSh va Eron delegatsiyalari yadroviy dastur bo‘yicha navbatdagi muzokaralarga kirishdi.

    'Qashqadaryo, Toshkent viloyati va poytaxtda 20 kgdan ortik narkotik musodara qilindi.'ning rasmi

    Dunyo Bugun 12:18

    Qashqadaryo, Toshkent viloyati va poytaxtda 20 kgdan ortik narkotik musodara qilindi.

    Toshkent shahri, Toshkent viloyati va Qashqadaryoda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida jami 20,2 kg turli turdagi giyohvandlik vositalari olindi.

    'Islomoboda juma namoz paytida portlash yuz berdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:56

    Islomoboda juma namoz paytida portlash yuz berdi

    Hodisa ortidan kamida 31 kishi halok bo‘ldi.

    'Epstein ishi: Norvegiyada sobiq bosh vazirga nisbatan tergov boshlandi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:53

    Epstein ishi: Norvegiyada sobiq bosh vazirga nisbatan tergov boshlandi

    Tergov boshlanishiga yaqinda maxfiylikdan chiqarilgan va Jeffriy Epsteyn ishi bilan bog‘liq hujjatlarda keltirilgan ma’lumotlar asos bo‘lgan.

    'Трамп учта эҳтимолий ядровий урушнинг олдини олганини айтди'ning rasmi

    Dunyo Bugun 03:58

    Трамп учта эҳтимолий ядровий урушнинг олдини олганини айтди

    AQSh prezidenti Donald Trump dunyoda uchta ehtimoliy yadroviy urush, jumladan Rossiya va Ukraina o'rtasidagi mojaroning oldini olganini ma'lum qildi.