AsosiyDunyo

IShID terrorchilari 2 turk asirini tiriklay yoqib yubordi

IShID terrorchilari asirga tushgan ikki turk harbiy asirini tiriklay yoqib yubordi, deb xabar berdi “Ntv.ru” nashri. 

Terrorchilar asirlarning yoqilishini videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdi. Videoga jihodchilardan biri turk tilida izoh berib, tomoshabinlarni “Turkiyani vayronaga aylantirish”ga da`vat qilgan va Turkiya prezidenti Rejep Tayip Erdo`g`anni turli so`zlar bilan haqorat qilgan. 

Nashrning xabar bershicha, terrorchilar tomonidan vahshiylarcha o`ldirilgan askarlar Suriyaning El-Bab shahri uchun bo`lgan jangda qo`lga olingan. Turkiya armiyasi Suriya shimolida “Efrat qalqoni” maxsus tadbirida terrorchilarga qarshi janglarda ishtirok etmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar