AsosiyDunyo

Trump Netanyahuning Oq uyda qabul qiladi.

Xoʻsh, ular nimani muhokama qiladi?

'Trump Netanyahuning Oq uyda qabul qiladi.'ning rasmi

AQSh Prezidenti Donald Trump bugun, 11 fevral kuni Oq uyda Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan uchrashadi. Muzokaralarda Eronning yadroviy dasturi va mintaqadagi xavfsizlik masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.

BBS xabariga ko‘ra, uchrashuv Eronning yadroviy dasturi bo‘yicha muzokaralar hal qiluvchi bosqichga kirgan bir paytda bo‘lib o‘tadi. Netanyaxu AQShga jo‘nab ketishidan oldin Trumpni Eronning uranni boyitishni to‘xtatishi, shuningdek, HAMAS va “Hizbulloh” kabi guruhlarni qo‘llab-quvvatlashni cheklash bo‘yicha qat’iy kelishuvga erishishga undashini bildirgan.

Tehron esa G‘arb sanktsiyalari yumshatilmaguncha yadroviy dastur bo‘yicha cheklovlarga rozi bo‘lmasligini ma’lum qilgan. AQSh Yaqin Sharqdagi harbiy ishtirokini kuchaytirgan bir vaqtda, Trump Eron bilan kelishuvga erishilmasa qo‘shimcha choralar ko‘rilishi mumkinligini ta’kidlagan.

Tahlilchilarga ko‘ra, uchrashuv natijalari Yaqin Sharqdagi xavfsizlik vaziyati va Eron bo‘yicha diplomatik jarayonlarga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar