AsosiyJamiyat

Olmaliqdagi maktabda 10-sinf o‘quvchisi yig‘ilishga kirishdan avval vafot etgan — IIBB

Toshkent viloyati IIBB ma’lum qilishicha, Olmaliq shahridagi maktabda 10-sinf o‘quvchisi tarbiyaviy yig‘ilishga kirishdan oldin hushini yo‘qotib, vafot etgan.

'Olmaliqdagi maktabda 10-sinf o‘quvchisi yig‘ilishga kirishdan avval vafot etgan — IIBB'ning rasmi

Viloyat IIBB boshlig‘ining matbuot kotibi Bobur To‘laganovning bildirishicha, 9-, 10- va 11-sinf o‘quvchi qizlari o‘rtasida bir-birlari haqidagi turli mish-mishlar sabab kelishmovchilik yuzaga kelgan.

Shu bois o‘quvchi qizlar uchun tarbiyaviy soat yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Marhum 10-sinf o‘quvchisi ham mazkur yig‘ilishga kelayotgan vaqtida maktabning birinchi qavat yo‘lagida o‘zini yomon his qilgan va yiqilib tushgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, u voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar