AsosiyJamiyat

Toshkentda narkolaboratoriya tashkil qilgan ikki shaxs ushlandi

Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida xonadonni ijaraga olib, sintetik giyohvandlik vositasini ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan ikki nafar fuqaro qo‘lga olindi.

'Toshkentda narkolaboratoriya tashkil qilgan ikki shaxs ushlandi'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent shahar boshqarmasi va Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 2003 va 2007 yillarda tug‘ilgan shaxslar narkolaboratoriya tashkil qilgani aniqlandi. Manzildan “zakladka” orqali tarqatish uchun tayyorlab qo‘yilgan 1 kg “Mefedron” sintetik giyohvandlik vositasi hamda laboratoriya anjomlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shuningdek, gumonlanuvchilardan birining telefonidagi geolokatsiya ma’lumotlari asosida Bektemir tumanidagi ariq ichiga yashirilgan yana 1 kg “Mefedron” topib olingan.

Tezkor tadbir davomida Yunusobod tumanida xufiya joylarga yashirilgan narkotiklarni olib ketish uchun kelgan 6 nafar “zakladchik” ham ushlangan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmokda.

    Boshqa yangiliklar