AsosiyJamiyat

Jizzaxda 2 gektar yerni qonunga xilof sotmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi

Jizzax viloyati Baxmal tumanida yashovchi 51 yoshli fuqaro qonunga xilof ravishda o‘z qishloq hududidagi tuman hokimligi zahirasida turgan 2 gektar yer maydonini sotmoqchi bo‘lgani aniqlandi.

'Jizzaxda 2 gektar yerni qonunga xilof sotmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi'ning rasmi

Ichki ishlar vazirligi xabar berishicha, shaxs yerni 50 ming AQSh dollariga sotish bo‘yicha kelishuvga erishgan va oldindan 400 million so‘mni G‘allaorol tumanida olayotgan paytda IIV xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan. U yerni yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali dehqon xo‘jaligi yuritish uchun ajratib berilishini va’da qilgan.

Hozirda usbu holat yuzasidan tergovgacha tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyati Pop tumanida hokim yordamchisi davlat zahirasidagi 90 sotix yerni 4500 AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgani haqida ham xabar berilgandi.

    Boshqa yangiliklar