Davlat rahbari urushning ilk kunlari, og‘ir yo‘qotishlar va xalqning tanlovi haqida gapirib, Vladimir Putin Kievni qisqa vaqt ichida egallash rejasi amalga oshmaganini aytdi.
U Ukraina mag‘lub bo‘lmasligini, mamakat qarshilikni davom ettirishini bildirdi
Zelenskiy tinchlikka erishish istagini bildirgan holda, har qanday muzokaralar Ukraina manfaatlaridan kelib chiqib, adolatli shartlar asosida olib borilishi kerakligini qayd etdi.
U so‘zini xalqqa minnatdorlik bildirish bilan yakunladi.






