AsosiyJamiyat

Samarqand xalqaro texnologiya universiteti 4 yilligini nishonladi

Xalqaro standartlar asosida muhandislar tayyorlayotgan Samarqand xalqaro texnologiya universiteti tashkil etilganiga to‘rt yil to‘ldi.

'Samarqand xalqaro texnologiya universiteti 4 yilligini nishonladi'ning rasmi

Oliygohda AQSh, Polsha, Italiya, Hindiston, Janubiy Koreya va Janubiy Afrikadan kelgan professor-o‘qituvchilar dars bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, o‘quv reja va dasturlarning qariyb 99 foizi xorijiy texnika universitetlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

Ta’lim jarayoni amaliyotga yo‘naltirilgan va dual tizim asosida tashkil etilgan. Shu vaqtga qadar talabalar xalqaro forum, konferensiya va xakatonlarda ishtirok etib, qator yutuqlarga erishgan.

Tantanalı tadbirda universitet rahbariyati, xorijiy hamkorlar, talabalar va ota-onalar ishtirok etdi. Eng yuqori natijaga erishgan talabalar va professor-o‘qituvchilar taqdirlandi.

    Boshqa yangiliklar