Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.
Davlat rahbari markaz har bir o‘zbekistonlik, ayniqsa yoshlar uchun buyuk ajdodlar merosi va milliy o‘zlikni anglash maskani bo‘lishini ta'kidladi.
Mazkur loyiha ilk bor 2017 yilda Hazrati Imam majmuasi hududiga tashrif chog‘ida ilgari surilgan edi.
Markaz tarkibida akademiya, kutubxona, arxiv va ilmiy markazlar faoliyat yuritadi.
Shuningdek, Qorasaroy ko‘chasining bir qismi piyodalar hududiga aylantirilib, transport harakati yerosti tuneli orqali yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.






