AsosiyJamiyat

9 ta viloyatda chang-toʻzon kuzatiladi

"O‘zgidromet" ogohlantirish bilan chiqdi.

'9 ta viloyatda chang-toʻzon kuzatiladi'ning rasmi

Bugun O‘zbekistonning 9 ta viloyatida chang-to‘zon kuzatiladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Bugun, 25 fevral kunduz kuni Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo hamda Surxondaryo viloyatlarida shamol tezligi soniyasiga 13-18 metrgacha kuchayadi. Ayrim joylarda shamol tezligi soniyasiga 20-23 metrgacha kuchayishi va chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Poytaxtda ham kechki payt shamol tezligi 12-15 metrgacha kuchayib, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zgidromet O‘zbekistonning g‘arbiy hududlarida chang va to‘zonlar kuzatilishi haqida xabar bergan edi.

    Boshqa yangiliklar