AsosiyJamiyat

Prezident Surxondaryoda ichimlik suvi ta’minotidagi modernizatsiya ishlarini ko‘zdan kechirdi

Surxondaryoda markazlashgan ichimlik suvi bilan qamrov sakkiz-to‘qqiz yil oldin 47 foiz edi. Bugun ushbu raqam 67,5 foizgacha oshdi.

'Prezident Surxondaryoda ichimlik suvi ta’minotidagi modernizatsiya ishlarini ko‘zdan kechirdi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Termiz shahrida “To‘palang” suv ombori suvidan foydalanish hisobiga Surxondaryo viloyatida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash loyihasining amaliy natijalari bilan tanishdi.

Keyingi yillarda mamlakatimizda suv xo‘jaligi tizimini isloh qilish, irrigatsiya infratuzilmasini yangilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Surxondaryo viloyatida amalga oshirilayotgan ushbu 287 million dollarlik megaloyiha ham sohada erishilayotgan natijalardan biri sanaladi.

Mazkur tashabbus doirasida o‘tgan yillar davomida katta hajmdagi qurilish, montaj ishlari amalga oshirildi. Zamonaviy mexanizmlarning yo‘lga qo‘yilishi natijasida bugun minerallarga boy ichimlik suvi viloyatning o‘nta tumani va Termiz shahriga uzluksiz yetkazib berilyapti.

Surxondaryoda markazlashgan ichimlik suvi bilan qamrov sakkiz-to‘qqiz yil oldin 47 foiz edi. Bugun ushbu raqam 67,5 foizgacha oshishiga erishildi. Natijada aholining suv ta’minotidagi holati nafaqat miqdor, balki sifat jihatdan ham sezilarli yaxshilandi.

Prezident bu kabi yirik energetik, texnologik va ijtimoiy samarador loyihalarni qo‘llab-quvvatlash har jihatdan zarurligini ta’kidladi. Bunday tajribalarni kelgusida mamlakatning boshqa hududlarida ham qo‘llash mumkinligiga e’tibor qaratdi.

Texnik jihatdan loyihaning katta yutug‘i 246 kilometr magistral va ichki tarmoqning barpo etilishi bo‘ldi. Muhimi, gidravlik hisoblar asosida bosimni nasossiz uzatish imkoniyati yaratildi. Bu nafaqat energiya sarfini keskin kamaytirdi, balki tizimning barqarorligini ta’minlaydi. Aynan shu innovatsion yondashuv tufayli Termiz shahri, Angor, Bandixon, Qiziriq, Sherobod va Muzrabot kabi tuman markazlariga suv elektroenergiya sarfisiz yetkazib berilyapti.

Mazkur tashabbus ortidan bugungi kunda 223 ta mahallada obihayot ta’minoti mustahkamlandi. Suvning qattiqlik darajasi esa ikki baravarigacha kamaytirildi. Sifatning ortishi aholi salomatligi va maishiy jihozlar xizmat muddati uzayishida muhim omil hisoblanadi.

“Shimoliy” suv ishlab chiqarish inshootida tashkil etilgan Geoaxborot markazi esa tizimning real vaqtda nazorat qilinishiga sharoat yaratdi. Bosim pastlashi, avariya holatlari, suv yo‘qotish kabi masalalarni bir necha daqiqada aniglash imkoniyati tug‘ildi.

Suv ta’minoti yaxshilangan sababli hududlardagi yuzdan ortiq yer osti suv quduqlaridan foydalanishga ehtiyoj qolmadi. Bu ekologik yukni kamaytiradi.

Shuningdek, loyiha natijasida yiliga 18,4 million kilovatt-soat elektroenergiyasi tejab qolinadi. Bu mablag‘ va resurs jihatidan 18,5 milliard so‘m iqtisod qilinishini anglatadi. Iste’molchilarning billing tizimiga ulanishi esa suvni hisoblashda shaffoflikni oshirdi, qarzdorlikni kamaytirdi.

Yana bir muhim jihati, bu yerdagi 10 gektar maydonda 6418 kilovatt-soat quvvatdagi quyosh panellari o‘rnatildi.

Davlatimiz rahbari shu yerda viloyatning gidroenergiya ko‘rsatkichlari hamda sohada amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar taqdimoati bilan tanishdi. Viloyatda hali yechilmagan suv ta’minoti masalalarini tezkor hal etish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi. Xususan, eski nasos agregatlarini energiya tejamkor texnologiyalarga almashtirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Prezident Jarkўrgʻondagi “Yangi Oʻzbekiston” massivida qurilish va taʼlim sharoitlari bilan tanishdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:11

    Prezident Jarkўrgʻondagi “Yangi Oʻzbekiston” massivida qurilish va taʼlim sharoitlari bilan tanishdi

    Davlat rahbari yangi uylar, maktab va o‘quv markazlaridagi imkoniyatlarni ko‘zdan kechirdi.

    'Turkiyada xorijlik kelinlar reytingida o‘zbekistonlik ayollar ikkinchi o‘rinda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:30

    Turkiyada xorijlik kelinlar reytingida o‘zbekistonlik ayollar ikkinchi o‘rinda

    2025 yilda Turkiyada 3 924 nafar o‘zbekistonlik ayol turklar bilan turmush qurdi.

    'AQSH Eron bilan tuziladigan yadro kelishuvida cheksiz amal qilish va toʻxtash shartlarini talab qilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:29

    AQSH Eron bilan tuziladigan yadro kelishuvida cheksiz amal qilish va toʻxtash shartlarini talab qilmoqda

    Muzokaralarda Eronning yadro dasturi va uran zahiralari masalasi muhokama qilinmoqda.

    'Buxoroda 13 yoshli qiz farzandli boʻldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:37

    Buxoroda 13 yoshli qiz farzandli boʻldi

    Gumonlanuvchi qizning oilasiga yaqin odam ekanligi ma'lum qilindi.

    'Prezident Termizdagi “Tomorqa maktabi” faoliyati bilan tanishdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:47

    Prezident Termizdagi “Tomorqa maktabi” faoliyati bilan tanishdi

    “Tomorqa maktabi” aholini oʻz tomorqalaridan samarali foydalanish, serdaromad ekin turlarini joriy etish, mahsulotlarni qayta ishlash, saqlash va qadoqlashning zamonaviy usullarini oʻrgatishga ixtisoslashgan. Muassasa banklarning moliyaviy koʻmagida faoliyat yuritmoqda.

    'Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga tashrifini Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qilishdan boshladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:52

    Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga tashrifini Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qilishdan boshladi

    Prezident buyuk alloma merosini chuqur o‘rganish va uni keng targ‘ib qilish zarurligini ta’kidladi.