AsosiyJamiyat

Turkiyada xorijlik kelinlar reytingida o‘zbekistonlik ayollar ikkinchi o‘rinda

2025 yilda Turkiyada 3 924 nafar o‘zbekistonlik ayol turklar bilan turmush qurdi.

'Turkiyada xorijlik kelinlar reytingida o‘zbekistonlik ayollar ikkinchi o‘rinda'ning rasmi

Turkiya Statistika Instituti ma'lum qilishicha, 2025 yilda Turkiyada ro‘yxatga olingan 28 646 nafar xorijlik kelin oralarida O‘zbekiston fuqarolari 13,7 foiz ko‘rsatkich bilan ikkinchi o‘rinni egallagan.

Suriyaliklar esa 13,8 foiz bilan yetakchilik qilmogda.

Xorijlik kuyovlar reytingini ham suriyaliklar boshlab, Germaniya va Afg‘oniston fuqarolari keyingi pog‘onalarda qayd etilgan.

2024 yilda ham o‘zbekistonlik ayollar xorijlik kelinlar oralarida ikkinchi o‘rinni egallagandi.

    Boshqa yangiliklar