Kecha, 25 fevral kuni Toshkent shahrida 10-sinf o‘quvchisi boshqaruvidagi BMW avtomobil yo‘l-patrul xizmati inspektorini urib yubordi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, 2010 yilda tug‘ilgan, xususiy maktabning 10-sinf o‘quvchisi soat 21:46 atrofida Mirabod tumanida BMW M4’ni haydovchilik guvohnomasiz boshqarib ketayotib, xizmat vazifasini bajaraotgan YPX inspektorini urib yuborgan.
Oqibatda inspektor tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovgacha tekshiruv olib borilmogda.






