Afg‘oniston harbiylari Pokistondagi yadroviy ob’yektga hujum qildi. Bu haqda afg‘on telekanali "Ariana News" xabar berdi.
Qayd etilishicha, zarbalar Xayber-Paxtunxva viloyati, Abbottobod tumani yaqinidagi ob’yektlarga yo‘naltirilgan. Xususan, nishonlar orasida yadroviy poligon hamda Pakistan Military Academy (PMA) bo‘lgan.
Akademiya Kakulda joylashgan bo‘lib, Pokiston quruqlik qo‘shinlari uchun ofitserlar tayyorlaydigan asosiy harbiy o‘quv markazi hisoblanadi.
Telekanal "yuzlab halok bo‘lganlar va yaradorlar" haqida xabar bergan, jabrlanganlar shifoxonalarga etkazilgani aytilgan.
"Tolibon" Abbottoboddagi zarbalarni tasdiqlagan. Shuningdek, zarbalar Faysalobod yaqinidagi harbiy lagerga hamda Jamruddagi bazaga berilgani ma’lum qilingan. Afg‘on tomon bu harakatlarni avvalroq Kobul, Qandahor va Poktiyaga berilgan zarbalarga javob sifatida izohlagan.
Ma’lumot uchun, dunyo bo‘yicha to‘qqizta yadroviy davlat mavjud. Ularning beshtasi – Buyuk Britaniya, Xitoy, Rossiya, AQSh va Fransiya – 1968 yildagi Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma doirasida rasman tan olingan. Shartnoma imzolanganidan keyin yadroviy sinov o‘tkazgan davlatlar – Hindiston, Shimoliy Koreya va Pokiston – norasmiy yadroviy davlatlar hisoblanadi. Isroil esa alohida holat bo‘lib, uning yadroviy sinovlari haqida ishonchli ma’lumotlar mavjud emas.
24 fevraldan boshlab ikki davlat o‘rtasida chegarа hududlarida qurolli to‘qnashuvlar yana kuchaygan. 26 fevral kuni Afg‘oniston chizig‘i bo‘ylab keng ko‘lamli harbiy operatsiya boshlagan. OAV ma’lumotiga ko‘ra, afg‘on tomon o‘z havo hududiga kirgan Pokiston samolyotini urib tushirgan.
Pokiston Mudofaa vaziri Xoja OsiF o‘sha kuni Afg‘onistondagi toliblar hukumatiga nisbatan "ochiq urush" e’lon qilinganini aytgan.






