AsosiyJamiyat

Ronaldo yangi klublarga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda

Portugaliyalik futbol yulduzi Kristianu Ronaldu Ispaniyaning "Almeriya" klubidagi ulushi bilan cheklanib qolmoqchi emas.

'Ronaldo yangi klublarga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda'ning rasmi

Insayder Fabritsio Romanoga ko‘ra, u kelajakda boshqa futbol loyihalariga ham sarmoya kiritishga tayyor. Bu haqda Zamon.uz ma’lum qildi.

Avvalroq, Kristianu Ronaldu o‘z investitsiya kompaniyasi orqali Almeriya klubining 25 foiz aksiyasini sotib olgani xabar qilingandi. Fabritsio Romano ma’lum qilishicha, bu sarmoya Ronalduning futbol maydonidan tashqaridagi faoliyatida faqat boshlishi bo‘lib, u yangi va istiqbolli loyihalarga ham sarmoya kiritishni ko‘zlamoqda.

Ma’lumki, Ronaldu uzoq yillardan buyon biznes sohasida ham faol. U mehmonxona va restoranlar tarmog‘iga egalik qiladi, shuningdek, CR7 brendi ostida turli mahsulotlar ishlab chiqaradi. Hozirda futbolchi Al-Nasr bilan 2027 yilgacha mo‘ljallangan shartnomaga ega.

    Boshqa yangiliklar