Eronda jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar qildi.
Tehrondagi diplomatik vakolatxonaga ko‘ra, hozirda Eronda jami 81 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib turibdi. Shulardan:
8 nafari — diplomatik vakolatxonalar xodimlari;
9 nafari — Qum shahrida tahsil olayotgan talabalar;
55 nafari — Eron hududida doimiy yashovchi fuqarolar;
9 nafari — xususiy safar bilan borganlar.
Elchixona vatandoshlar bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi va ular bilan muntazam muloqotni ta’minlamoqda, deyiladi xabarda.






