AsosiyDunyo

Buxoroda terrorizmni moliyalashtirgan ota 10 yilga qamaldi

Suriyadagi jangarilarga kriptovalyuta yuborgan fuqaro sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etildi.

'Buxoroda terrorizmni moliyalashtirgan ota 10 yilga qamaldi'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Buxoro shahrida yashovchi 1965 yilda tug‘ilgan shaxs 2022–2025 yillar davomida “Tavhid va jihod kotibasi” xalqaro terroristik tashkiloti safiga qo‘shilgan o‘g‘liga “BINANCE” kripto-birjasi orqali jami 13 597 USDT o‘tkazgan.

Tergovda aniqlanishicha, 1999 yilda tug‘ilgan o‘g‘li 2019 yilda Suriyaga ketib, jangarilar safiga qo‘shilgan va internet orqali boshqalardan ham mablag‘ yig‘gan. Unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Buxoro shahar sudi hukmiga ko‘ra, ota Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan aybli deb topilib, 10 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

    Boshqa yangiliklar