AsosiyJamiyat

Oliy taʼlim vazirligi xodimi 100 ming dollar bilan ushlandi

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xodimi nodavlat universitet filialiga litsenziya olib berishni va'da qilib, 100 ming AQSh dollar olgan vaqtida qo'lga olindi.

'Oliy taʼlim vazirligi xodimi 100 ming dollar bilan ushlandi'ning rasmi

Ma'lum qilinishicha, vazirlikning Ta'lim tashkilotlarini litsenziyalash bo‘limi yetakchi mutaxassisi Qarshi shahrida faoliyat yurituvchi nodavlat oliy ta'lim muassasasining Surxondaryo viloyatida filialini ochish uchun litsenziyani qisqa muddatda ijobiy hal qilib berish evaziga universitet mansabdoridan 100 ming dollar talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u so‘ralgan pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan DHX Tergov boshqarmasi tomonidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi "a" bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar