AsosiyJamiyat

Prezident: “Bu yil 1,5 mln ayolni daromadli qilishni maqsad qilganmiz”

Shavkat Mirziyoyev 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda ayollarni qo‘llab-quvvatlash, bandligini oshirish va ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ma’lum qildi.

'Prezident: “Bu yil 1,5 mln ayolni daromadli qilishni maqsad qilganmiz”'ning rasmi

Prezident nutqida qayd etilishicha, bugungi kunda O‘zbekistonda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha yangi tizim shakllantirilgan. Endilikda ayollar manfaatlariga ta’siri baholanmasdan turib biror qonun qabul qilinmaydi.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda mamlakatda 230 mingga yaqin ayol tadbirkorlar shakllangan, 12 ming nafar fermer ayol faoliyat yuritmoqda, 6 mingdan ortiq olima ilm-fan rivojiga hissa qo‘shmoqda. Shuningdek, o‘tgan yili sport musobaqalarida o‘zbekistonlik qizlar 167 ta oltin, 193 ta kumush va 243 ta bronza medalni qo‘lga kiritgan.

Nutqda ayollar bandligini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yili xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash uchun 23,5 trillion so‘m kredit ajratilgan va bu orqali 425 mingdan ortiq ayol biznesga jalb qilingan.

Prezidentga ko‘ra, joriy yilda 166 ming nafar ayol zamonaviy kasb va tadbirkorlikka, yana 100 ming nafari IT sohasiga o‘qitiladi. Bundan tashqari, "Daromadli ayol" dasturi orqali 50 ming nafar xotin-qizning bandligi ta’minlanadi, "Hamroh" dasturi doirasida esa ayollarning 3 mingta loyihasiga jami 1 trillion so‘m mablag‘ ajratiladi.

Shuningdek, yangi o‘quv yilidan ehtiyojmand oilalardagi qizlar uchun davlat grantlari soni ikki baravar oshirilib, 4 mingtagacha yetkazilishi bildirildi. Yana bir tashabbusga ko‘ra, ayollarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun har yili kamida 10 ta yo‘nalishda startap tanlovlari o‘tkazilib, har bir yo‘nalish g‘olibiga 500 million so‘mgacha grant beriladi.

Prezident nutqida ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi murosasiz muhit yaratish strategik vazifa ekani ham qayd etildi. Shu bilan birga, jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan ayollarni ijtimoiy hayotga qaytarish maqsadida "Yangi hayot" dasturi yo‘lga qo‘yilishi ma’lum qilindi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Angrenda dahiy itlar hujumi oqibatida 8 yoshli bola halok bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat 06.03.2026 17:40

    Angrenda dahiy itlar hujumi oqibatida 8 yoshli bola halok bo‘ldi

    Toshkent viloyatining Angren shahrida maktabdan qaytayotgan 8 yoshli bola d’aydi itlar hujumiga uchrab, voqea joyida vafot etgani aytilmoqda.

    'Farmatsevtikani rivojlantirishda ilm-fan va malakali mutaxassislar tayyorlanadi'ning rasmi

    Jamiyat 06.03.2026 15:51

    Farmatsevtikani rivojlantirishda ilm-fan va malakali mutaxassislar tayyorlanadi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Farmatsevtika tarmog‘ida ishlab chiqarishni rag‘batlantirish va ilmiy tadqiqot jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Farmoni qabul qilindi.

    'Epsteyn ishida Trumpni ayblagan ayolning ko‘rsatmalari e’lon qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 06.03.2026 11:36

    Epsteyn ishida Trumpni ayblagan ayolning ko‘rsatmalari e’lon qilindi

    AQSh Adliya vazirligi moliyachi va jinsiy jinoyatchi Jeffri Epstein ishi boʻyicha ilgari eʼlon qilinmagan Federal qidiruv byurosi hujjatlarini oshkor qildi.

    'Dollar kursi koʻtarildi'ning rasmi

    Jamiyat 06.03.2026 11:21

    Dollar kursi koʻtarildi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 10 mart kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 06.03.2026 09:19

    'Qor va -10 daraja: "O'zgidromet" havo sovishi haqida ogohlantirdi'ning rasmi

    Jamiyat 06.03.2026 07:44

    Qor va -10 daraja: "O'zgidromet" havo sovishi haqida ogohlantirdi

    Sinoptiklar ma’lumotlariga ko‘ra, 9–12 mart kunlari O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib keladi.