Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili AQSh va Isroilning mamlakatdagi yoqilg‘i omborlariga qaratgan hujumlarini tinch aholiga qarshi kimyo urush e‘lon qilinishiga teng deb baholadi. Bu haqda Zamon.uz ma’lum qildi.
Bildirilishicha, AQSh–Isroilning Eron xalqiga qarshi kampaniyasi energetika infratuzilmasiga qasddan hujumlar bilan xavfli yangi bosqichga o‘tgan.
"Yoqilg‘i omborlariga qilingan bu hujumlar Eron fuqarolariga qarshi qasddan kimyo urush olib borishdan boshqa narsa emas", — deb yozdi Bagai o‘zining X ijtimoiy tarmoq sahifasida.
Eron Tashqi ishlar vazirligi bu bayonot orqali xalqaro hamjamiyatni ushbu hujumlarning xavfli oqibatlari va tinch aholi xavfsizligiga tahdidi haqida ogohlantirdi.






