AsosiyJamiyat

Buxoroda qalbaki dori-darmonlar savdosi fosh etildi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar Buxoro viloyatida sifatı kafolatlanmagan dori vositalarini tayyorlab, sotib kelgan shaxslar faoliyatiga chek qo‘ydi.

'Buxoroda qalbaki dori-darmonlar savdosi fosh etildi'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda G‘ijduvon tumanida yashovchi 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro oila a’zolari bilan birga uy sharoitida qo‘lbola usulida dori tayyorlab kelayotgani aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, qonunbuzarlar dori vositalarini saqlash uchun bitta manzil hamda sotish uchun ikkita dorixonadan foydalangan. Tekshiruv davomida ushbu joylardan 193 turdagi 47 ming 821 dona dori vositasi, shuningdek, dori qutilari, yorliqlar, qadoqlash uskunalari va yo‘riqnomalar topilib, musodara qilindi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, aniqlangan dori vositalarining umumiy qiymati 500 mlrd so‘mdan oshadi. Mazkur dorilar rasmiy xulosa olish uchun Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga yuborilgan. Hozirda holat yuzasidan tekshiruv ishlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar