AsosiyJamiyat

2000 йилдан буён метродан фойдаланувчилар сони қариб 2,3 баробарга ошди

2025-yilda Toshkent metropoliteni orqali jami 286,8 million nafar yo‘lovchi tashilgan.

'2000 йилдан буён метродан фойдаланувчилар сони қариб 2,3 баробарга ошди'ning rasmi

Bu ko‘rsatkich 2000-yilga nisbatan 161,1 million nafarga ko‘p bo‘lib, qariyb 2,3 barobarga oshgan.

2000-yilda metropolitendan foydalangan yo‘lovchilar soni 125,7 million nafarni tashkil etgan.

Yillar kesimida ko‘rsatkichlar turli o‘zgargan. Xususan, 2006–2016-yillarda yo‘lovchilar soni pasayish kuzatilgan.

2020-yilda esa pandemiya sabab keskin tushib, 38,8 million nafarni tashkil etgan.

Keyingi yillarda esa ko‘rsatkich tez o‘sib, 2023-yilda 172 million, 2024-yilda 270,3 million va 2025-yilda 286,8 million nafarga yetgan.

    Boshqa yangiliklar