AsosiyDunyo

Isroilning zarbalari oqibatida Bayrutda sakkiz kishi halok bo‘ldi

Isroilning usbu hujumi sui-qasd sifatida baholanmoqda.

'Isroilning zarbalari oqibatida Bayrutda sakkiz kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

Payshanba kuni Bayrutning sohil hududi — Ramlet al-Baydada Isroil tomonidan amalga oshirilgan “double-tap” (ketma-ket ikki zarba) hujumi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi, 31 kishi yaralandi. Bu haqda Livan sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, Zamon.uz ma’lum qildi.

Nashrning yozishicha, Isroilning mazkur harakati navbatdagi sui-qasdga o‘xshaydi. Ushbu hududda bombardimonlardan qochib kelgan ko‘chirilgan oilalar vaqtincha boshpana topgan bo‘lgan.

“Ramlet al-Baydadagi guvohlarning aytishicha, ular chodirlarida uxlab yotgan paytda qiruvchi samolyotlarning shovqini ularni uyg‘otgan. Keyin portlash bo‘lgan, ular chodirlaridan endi bosh chiqarganlarida esa ikkinchi zarba berilgan”, deyiladi xabarda.

Pettning aytishicha, bu hujum yana bir Isroil sui-qasd zarbasi bo‘lishi mumkin. U, ayniqsa, odatda nishonga olinadigan hududlardan tashqarida va Isroil evakuatsiya qilishni buyurgan zonalardan ham tashqarida amalga oshirilgani bilan e’tiborni tortmoqda.

Livan Milliy axborot agentligi ham Isroil kuchlari mamlakat janubida va boshqa hududlarda amalga oshirgan hujumlar oqibatida yana kamida yetti kishi halok bo‘lganini bildirdi.

Livan sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Bayrutdan taxminan 10 kilometr janubda joylashgan Aramoun shahriga Isroil hujumi natijasida uch kishi halok bo‘lgan, bir bola jarohatlangan.

Bint-Jbeyl tumanidagi Deir Antar shahriga uyushtirilgan Isroil hujumida ikki kishi halok bo‘lgan, olti kishi yaralangan. Yana ikki kishi Maarakah–Tir chorrahasida nishonga olingan to‘rt qavatli binoga zarba berilishi oqibatida halok bo‘lgan.

Payshanba kuni ertaroq Tir tumanidagi Burj Shamali hududiga qilingan hujumda bir ona va uning uch o‘g‘li halok bo‘lgan. Baalbek tumanidagi Shaat’h shahriga qilingan Isroil hujumida esa sakkiz kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Qayd etilishicha, so‘nggi hujumlar Livan sog‘liqni saqlash idoralari 28 fevraldan buyon Isroil zarbalari oqibatida halok bo‘lganlar soni 634 kishiga yetganini ma’lum qilganidan keyin sodir bo‘lgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Crocus теракти ижрочилари неча йилга қамалиши маълум қилинди'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:42

    Crocus теракти ижрочилари неча йилга қамалиши маълум қилинди

    Ular yazoning bir qismini qamoqda, bir qismini esa maxsus tartibli koloniyada o'tashi kerak bo'ladi.

    'Mug‘tabo Homanaiy yaralanganligi tasdiqlandi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:24

    Mug‘tabo Homanaiy yaralanganligi tasdiqlandi

    Eronning yangi Oliy rahbari Mujtaba Xamaneiy yaralangan, biroq uning ahvoli yaxshi.

    'Mujtaba Homayounining yaralanganini Eron rad etdi'ning rasmi

    Dunyo 11.03.2026 11:48

    'Kim Chen In qizi bilan strategik raketa sinovini kuzatdi'ning rasmi

    Dunyo 11.03.2026 10:55

    Kim Chen In qizi bilan strategik raketa sinovini kuzatdi

    Sinov “Choe Hyon” bortida amalga oshirilgan.

    'Eron Hurmuz bog‘ozini minalashtirishni boshladi'ning rasmi

    Dunyo 11.03.2026 07:34

    Eron Hurmuz bog‘ozini minalashtirishni boshladi

    AQSh harbiylari Eronning mina o'rnatuvchi 16 ta kemasini yo'q qilganini ma'lum qildi.

    'Трамп Кубани “дўстона эгаллаш” эҳтимоли ҳақида гапирди'ning rasmi

    Dunyo 10.03.2026 13:03

    Трамп Кубани “дўстона эгаллаш” эҳтимоли ҳақида гапирди

    AQSh Prezidenti Donald Trump Kuba rasmiylari Vashington bilan kelishuvga rozi bo‘lmasa, mamlakatni “do‘stona tarzda egallash” mumkinligini aytdi.