1

«Qish malika»sining foydalari

Salomatlik 26.12.2016, 10:11
Teglar: Salomatlik, SUGDIYONA
«Qish malika»sining foydalari
  • Ozmoqchimisiz? Marhamat, mandarin iste`mol qiling! U eng past kilokaloriyali mevalardan biri hisoblanadi. Tarkibidagi vitaminlar moddalar almashinuvini yaxshilab, yog`larni parchalaydi.
  • Mandarinlar oshqozon faoliyatini yaxshilovchi pektinlarga ham boydir. Bu shifobaxsh meva oshqozon xastaliklarining oldini oladi.
  • Kuniga 2-3 dona mandarin iste`mol qilsangiz, immunitetingiz mustahkamlanadi, viruslarni o`ldiradi, Shamollash chekinadi. Sharbati esa  isitmani tushirish xususiyatiga ega. Gripp bezovta qilganda mandarin, mandarin sharbati va yog`lari juda foydali.
  • Ushbu sitrus meva tarkibida suyak va tishlarni mustahkamlovchi kalsiy hamda fosfor, yurak va buyrakka foydali kaliy mavjud. Temir moddasi esa atigi 0.3 mg.ni tashkil etadi. Shunga qaramay, meva temir  moddasi tanqisligida tavsiya etiladi. Chunki tarkibidagi biologik aktiv moddalar kamqonlikni bartaraf etadi.
  • Tushkunlik sizni tark etmasa,  mandarin mevasidan iste`mol qiling. Hidlash ham juda foydali. U kayfiyatni ko`tarib, kishiga xotirjamlik baxsh etadi.
  • Qandli diabetga chalinganlar 3 ta mandarin po`stini 1 litr suvda qaynatib ichishlari mumkin. U qondani qand miqdorini pasaytiradi.
  • Yarimta mandarin mevasini ezib, 1 dona tuxum sarig`i bilan aralashtiring-da, 1 osh qoshiq limon sharbati qo`shing. Keyin yuzlaringizga surtib, 15 daqiqa o`tgach, yuving.

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1