1

Tashqi qiyofasini xunuklashtirib yuborgan 9 yulduz

Dunyo 26.12.2016, 13:38
Teglar: Aktrisa, Aktyor
Tashqi qiyofasini xunuklashtirib yuborgan 9 yulduz

Ba`zi bir mashhur yulduzlar vaqt o`tgani sari go`zallashib borgan bo`lsa, quyidagi 9 yulduz esa o`z hohishlari bilan tashqi qiyofasini xunuklashtirgan. Bu erda gap plastik operasiya haqida emas, balki o`z hoxishi bilan noto`g`ri hayot tarzini kechirganlar haqida ketyapti. Spirtli ichimliklar, giyohvand moddalar, tungi klubdagi uyqusiz kechalar, tartibsiz hayot tarzi ularni shu ahvolga solgan.

Lindsi Loxan

1. Lindsi Loxan
Lindsining asosiy vaqti turli reabilitasiya markazlarida giyohvandlikka, spirtli ichimliklarga qaramlikka qarshi kurash bilan o`tmoqda. Bunday betartib hayot tarzi uning go`zal chehrasiga ta`sir etmay qolmadi.

Anastasiya Volochkova

2. Anastasiya Volochkova
Anastasiya Volochkovaning bir paytlar ozg`in va nozikkina qiz bo`lganini hamma ham eslayvermaydi. U bugunga kelib, qo`pol, beadab va bebosh ayolga aylangan. Bunday xislatlar uning tashrif qog`oziga aylangan. 

Misha Barton

3. Misha Barton
Misha Bartonning tashqi qiyofasi romantik filmlar uchun juda mos edi. Ammo u semirib ketgach, film s`yomkalariga kam taklif etiladigan aktyorlar ro`yxatiga tushib qoldi.

Tara Rid

4. Tara Rid
Tashqi qiyofasida hech qanday kamchiligi bo`lmagan Tara Rid bundan qoniqmay, plastik jarrohga murojaat qilib, anoreksiya holatiga kelguncha ozdi. Bundan tashqari, spirtli ichimliklarga ruju qo`ydi. Bularning bari uni 20 yoshga qaritdi.

Lana Del Rey

5. Lana Del Rey
Lana mashhurlikka erishgach, barchasiga qo`l silkidi. U semirib ketgach, yanada ochiqroq kiyimlar kiyadigan bo`ldi.

Ledi Gaga

6. Ledi Gaga
Ledi Gaganing tinimsiz mehnat qilishi uning tashqi qiyofasiga ta`sir etmay qolmadi. Uning 3 yil oldingi rasmlariga e`tibor bersangiz, hozir u 10 yoshga qariganday taassurot uyg`otadi.

Britni Spirs

7. Britni Spirs
Britnining ko`p hayotiy qiyinchiliklarni boshidan kechirgani, sevimli insonidan ayrilgani, depressiyaga tushgani, spirtli ichimliklarga ruju qo`ygani uning shu holga tushishiga sababchi bo`ldi. Ammo u vaqtida o`zini qo`lga olib, asliga qaytdi.

Meri-Keyt Olsen

8. Meri-Keyt Olsen
Bu mashhur egizaklar bir-biriga o`xshamay qolganiga ancha bo`lgan. Plastik operasiyalar va anoreksiya uning beg`ubor yuzini, hayotdan charchagan ayol qiyofasiga aylantirib qo`ydi.

Makkoley Kalkin

9. Makkoley Kalkin
Giyohvand moddalarga qaramlik ham izsiz ketmaydi. “Uyda yolg`iz” filmining bosh qahramoni Makkoley Kalkin ham yoqimtoy bolakaydan shunday xunuk erkakka aylandi...
“Onedio.ru” nashri.

Sharhlar

Gavhar Sharipovaga haydovchi shilqimlik qilganligi holati yuzasidan qo`shimcha bayonot berildi

20.11.2019, 14:21

“Aktrisaga shilqimlik qilingan, u esa yurib ketayotgan yuk mashinadan o`zini tashlagan” Qashqadaryo YHXB qo`shimcha bayonot berdi.2019 yil 18 dan 19 noyabrga o`tar kechasi soat 02:20...
Shavkat Komilov suratga olish jarayonida aktrisani o`ldirib qo`yishiga bir bahya qoldi (video)

05.11.2019, 00:13

“Yolg`izlar”, “Ko`z yoshim”, “Dard” kabi o`n beshdan ziyod filmlari orqali tanilgan aktyor Shavkat Komilov ishtirokida video  tarqaldi...Unda aktyor, portnyori Aziza Yoqubovani chin ma`noda o`ldirib qo`yishiga...
​AKTRISA ASAL ShODIEVA TADBIRKORLIKKA QO`L URDI (FOTO, VIDEO)

21.09.2017, 15:12

Asal Shodievaning Instagramdagi ijtimoiy tarmog`ida o`ziga xos dizayndagi liboslar to`plami aks etgan suratlar paydo bo`ldi. Ma`lum bo`lishicha, mazkur liboslar aktrisaning g`oyasi bilan yaratilgan bo`lib, Miel...
​SITORA ALIMJONOVA ShAXSIY HAYoTINI MUHOKAMA QILGANLARGA MINNATDORChILIK BILDIRDI

14.08.2017, 12:34

Aktrisa Sitora Alimjonova 8 avgust kuni turmushga chiqdi. Uning to`yi Tailandning Pxuket orolida bo`lib o`tdi.Sitora o`z intervyularida turmush o`rtog`ining 27 yoshda ekanligini va u tadbirkorlik...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1