AsosiyJamiyat

Soliq qarzini “hal qilib berish” uchun pul so‘ragan inspektor ushlandi.

Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida soliq qarzdorligini uzaytirib berishni va’da qilgan bosh inspektor tezkor tadbirda qo‘lga olindi.

'Soliq qarzini “hal qilib berish” uchun pul so‘ragan inspektor ushlandi.'ning rasmi

Ma’lum qilinishicha, tuman Soliq inspektsiyasi bosh inspektori paxta va g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi rahbarining ishonchiga kirib, xo‘jalikning soliq organlari oldidagi 165,6 mln so‘m qarzdorligini viloyat soliq boshqarmasidagi tanishi orqali uzaytirib berish evaziga 10 mln so‘m talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda u pulni o‘z xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan. Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar