AsosiyBu qiziq

Olimlar ogohlantirdi: tartibsiz ovqatlanish depressiya xavfini oshiradi

Janubiy koreyalik olimlar olib borgan yangi tadqiqot tartibsiz ovqatlanish inson ruhiyatiga jiddiy ta'sir qilishi mumkinligini ko'rsatdi.

'Olimlar ogohlantirdi: tartibsiz ovqatlanish depressiya xavfini oshiradi'ning rasmi

Tadqiqotga ko‘ra, asosiy ovqatlarni tez-tez o‘tkazib yuboradigan odamlarda depressiya belgilari sezilarli darajada ko‘proq uchraydi.

Tadqiqot Seuldagi Muqaddas Mariya universiteti shifoxonasi olimlari tomonidan o‘tkazilgan bo‘lib, natijalar Journal of Affective Disorders jurnalida e’lon qilindi.

21 mingdan ortiq odam ishtirok etgan

Olimlar 2014–2022 yillar davomida 21 568 nafar voyaga etgan insonning ovqatlanish tartibi va ruhiy holati haqidagi ma’lumotlarni tahlil qildi.

Tadqiqot davomida ishtirokchilarning nonushta, tushlik va kechki ovqatni qay darajada muntazam iste’mol qilishi, ratsion xilma-xilligi hamda depressiya belgilari o‘rganildi.

Mutaxassislar haftasiga besh martadan kam ovqatlaniladigan asosiy taomlarni “tartibsiz ovqatlanish” sifatida baholagan.

Depressiya xavfi 1,5 baravar yuqori chiqqan

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ovqatlanish tartibi eng ko‘p buzilgan odamlarda depressiya belgilari paydo bo‘lish ehtimoli muntazam ovqatlanuvchilarga nisbatan 1,55 baravar yuqori bo‘lgan.

Shuningdek, ovqatlanish rejimi qanchalik izdan chiqqan bo‘lsa, kayfiyat tushishi va ruhiy holat yomonlashishi xavfi ham shunchalik kuchaygan.

Olimlar bu holat ayniqsa bir xil ratsionga ega odamlarda yaqqol namoyon bo‘lganini ta’kidladi.

Nonushtani o‘tkazib yuborish eng xavfli omillardan biri

Tadqiqot mualliflari nonushta masalasiga alohida e’tibor qaratgan.

Ertalabki ovqatni muntazam o‘tkazib yuboradigan ishtirokchilarda depressiya simptomlari yanada kuchli kuzatilgan. Ayniqsa, ham nonushta qilmaydigan, ham bir xil taom iste’mol qiladigan odamlarda ruhiy holat eng past ko‘rsatkichni qayd etgan.

Mutaxassislar fikricha, nonushta tungi ochlikdan keyin organizmdagi moddalar almashinuvini faollashtiradi. Uni o‘tkazib yuborish esa qondagi shakar miqdorining keskin o‘zgarishiga, gormonal ritmlar buzilishiga va his-tuyg‘ularga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Xilma-xil ratsion salbiy ta’sirni yumshatishi mumkin

Tadqiqotda yana bir muhim jihat aniqlangan — xilma-xil ratsion tartibsiz ovqatlanishning salbiy oqibatlarini qisman yumshatishi mumkin.

Olimlar buni organizmga vitaminlar, foydali moddalar va yallig‘lanishga qarshi komponentlar ko‘proq kirishi bilan izohlamoqda. Shuningdek, bunday ovqatlanish ichak mikroflorasini sog‘lom saqlashga yordam berishi mumkin.

Tadqiqot to‘liq xulosa emas

Shu bilan birga, olimlar ushbu tadqiqot depressiyaning aniq sababi aynan tartibsiz ovqatlanish ekanini to‘liq isbotlamasligini ham ta’kidlagan. 

Chunki depressiyaga uchragan odamlarda ishtaha pasayishi, motivatsiya yo‘qolishi va ovqatlanish vaqti buzilishi ham kuzatilishi mumkin. Bundan tashqari, tadqiqotda uyqu sifati va stress darajasi kabi omillar hisobga olinmagan.

Shunga qaramay, mutaxassislar nafaqat qanday ovqat eyish, balki qachon ovqatlanish ham ruhiy salomatlik uchun muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidlamoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '26 may kuni O‘zbekistonda ob-havo qanday bo‘ladi?'ning rasmi

    Bu qiziq 26.05.2026 02:45

    26 may kuni O‘zbekistonda ob-havo qanday bo‘ladi?

    O'zbekiston bo'yicha ob-havo ma'lumoti 26 may kuni uchun prognoz.

    'Sun'iy intellektdan foydalanishda BAA va Singapur dunyoda yetakchiga aylandi'ning rasmi

    Bu qiziq 24.05.2026 13:33

    Sun'iy intellektdan foydalanishda BAA va Singapur dunyoda yetakchiga aylandi

    "Microsoft" tahlillariga ko‘ra, 2026 yil birinchi choragida AQSh eng yuqori 20 talikka ham kira olmagan.

    ''ning rasmi

    Bu qiziq 24.05.2026 02:56

    'Lionel Messi milliarderga aylandi'ning rasmi

    Bu qiziq 23.05.2026 08:12

    Lionel Messi milliarderga aylandi

    Messi boyligi 1 milliard dollarga yetgan futbolchilardan biriga aylandi.

    '2,2 million o‘zbekistonlik turizm maqsadida xorijga chiqqan'ning rasmi

    Bu qiziq 23.05.2026 05:02

    2,2 million o‘zbekistonlik turizm maqsadida xorijga chiqqan

    Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 83,7 ming kishiga ko‘p.

    'Bugun qanday ob-havo kuzatiladi?'ning rasmi

    Bu qiziq 23.05.2026 02:57

    Bugun qanday ob-havo kuzatiladi?

    Bugun havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.