AsosiyBu qiziq

O‘zbekiston sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha orqada qolmoqda

O‘zbekiston aholisining atigi 7,2 foizi generativ sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan.

'O‘zbekiston sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha orqada qolmoqda'ning rasmi

O‘zbekiston sun’iy intellektdan foydalanish darajasi past davlatlar qatorida qayd etildi

"Microsoft" kompaniyasining Global AI Diffusion Report hisobotiga ko‘ra, 2026 yilning birinchi choragida O‘zbekiston aholisining atigi 7,2 foizi generativ sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan.

Hisobotda aytilishicha, bu ko‘rsatkich jahon o‘rtacha darajasidan ancha past. Shu davrda dunyo bo‘yicha generativ sun’iy intellektdan foydalanuvchilar ulushi 16,3 foizdan 17,8 foizgacha oshgan.

Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yuqori natija Qozog‘istonda kuzatilgan — u yerda aholining 15,9 foizi sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanadi. Qirg‘izistonda bu ko‘rsatkich 9,5 foizni tashkil etgan.

O‘zbekiston esa mintaqada Qozog‘iston va Qirg‘izistondan keyingi o‘rinni egallagan. Tojikiston va Turkmanistonda generativ sun’iy intellektdan foydalanish darajasi 6,1 foiz etib qayd etilgan.

Jahon reytingida esa Birlashgan Arab Amirliklari yetakchilik qilmoqda. Mamlakatda aholining 70,1 foizi generativ sun’iy intellektdan foydalanadi. Ikkinchi o‘rinni 63,4 foiz bilan Singapur egallagan. Kuchli beshlikdan Norvegiya, Irlandiya va Fransiya ham joy olgan.

"Microsoft" mutaxassislari sun’iy intellekt texnologiyalari joriy etilishi dunyo bo‘ylab notekis kechayotganini ta’kidlagan. Bunga internet qamrovi, elektr ta’minoti barqarorligi, raqamli infratuzilma sifati va aholining raqamli ko‘nikmalari darajasi asosiy omil sifatida ko‘rsatilgan.

    Boshqa yangiliklar