AsosiyBU QIZIQ

O'zbekistonda bu yil yoz juda issiq bo'lishi mumkin

O'zgidromet” ma'lumotiga ko'ra, 2026 yilda O'zbekistonda yoz fasli beqaror va nisbatan iliq ob-havo bilan boshlanadi.

'O'zbekistonda bu yil yoz juda issiq bo'lishi mumkin'ning rasmi

Biroq keyinchalik havo harorati keskin ko'tarilishi mumkin.

Sinoptiklar prognoziga ko'ra, iyun oyining dastlabki kunlarida ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg'ir va momaqaldiroq kuzatiladi. Havo harorati kunduzi 30-35 daraja atrofida bo'ladi.

Oyning ikkinchi yarmidan boshlab esa harorat 34-39 darajagacha ko'tarilishi, shimoliy, janubiy va cho'l hududlarda ayrim kunlari 40-42 darajaga yetishi mumkin.

“O'zgidromet” qayd etishicha, bu yil yoz ekstremal issiq bo'lishi ehtimoli ham mavjud. Bunga Tinch okeanida kuzatilayotgan El-Nino hodisasining ilk belgilari sabab bo'lishi mumkin.

Dastlabki baholashlarga ko'ra, joriy yilda yozning o'rtacha harorati me'yordan biroz yuqori bo'ladi. Eng issiq kunlarda havo harorati 42-44 darajagacha, janubiy va cho'l hududlarda esa 45-47 darajagacha ko'tarilishi mumkin.

Ma'lumot uchun, O'zbekistonda iyun oyida kuzatilgan eng yuqori harorat 1914 yilda Termiz shahrida qayd etilgan bo'lib, u 49,6 darajani tashkil qilgan.

    Boshqa yangiliklar