AsosiyDunyo

Eron Hormuz bog'ozini ayrim davlatlar uchun ochdi

Eron rasmiylari "dushman bo‘lmagan" davlatlar kemalariga Hormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tishga ruxsat berilganini ma’lum qildi.

'Eron Hormuz bog'ozini ayrim davlatlar uchun ochdi'ning rasmi

Habarlarga ko‘ra, kemalar Eronga qarshi harakatlarda ishtirok etmasa va xavfsizlik talablariga rioya qilsa, Tehron bilan kelishilgan holda bo‘g‘ozdan xavfsiz o‘tishi mumkin. Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi bu imtiyoz faqat ayrim davlatlarga berilayotganini ta’kidladi. Unga ko‘ra, Xitoy, Rossiya, Hindiston, Iroq va Pokiston kemalariga o‘tishga ruxsat berilgan.

Kuzatuvchilar so‘nggi kunlarda Eron ayrim tankerlarni o‘z hududiy suvlaridan o‘tkazib, ularni tekshirayotgan bo‘lishi mumkinligini qayd etmoqda. Ayrim holatlarda, asosan Xitoyga tegishli kemalar avval ham o‘tkazilgani aytilmoqda.

Ma’lumki, Hormuz bo‘g‘ozi Fors ko‘rfazini ochiq okean bilan bog‘laydigan strategik yo‘l bo‘lib, u orqali jahon neftining qariyb 35 foizi va suyultirilgan gazning katta qismi tashiladi.

Avvalroq AQSh va Isroil tomonidan Eronga qarshi harbiy harakatlar boshlangani so‘ng, Tehron bo‘g‘ozni yopib, ayrim kemalarga hujum qilgani xabar qilingan. Shu vaqtdan beri kamida 22 ta kema hujumga uchragan, minglab kemalar esa Fors ko‘rfazida to‘xtab qolgan.

22 mart kuni AQSh prezidenti Donald Trump Eronni 48 soat ichida bo‘g‘ozni ochishga chaqirgan va aks holda energetika ob’yektlariga zarba berish bilan tahdid qilgan edi. Keyinchalik bu reja muzokaralar foydasiga vaqtincha to‘xtatilgan.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Eron mojaroni hal etish uchun bir qator shartlarni ilgari surgan. Ular orasida mintaqadagi barcha frontlarda harakatlarni to‘xtatish, urush qayta takrorlanmasligi uchun mexanizmlar ishlab chiqish, yetkazilgan zarar uchun tovon to‘lash va Tehronning Hormuz bo‘g‘ozi ustidan nazoratini tan olish kabi talablar bor.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Саудия ва БАА Трампдан урушни давом эттиришни сўрамоқда — ОАВ'ning rasmi

    Dunyo 25.03.2026 12:58

    Саудия ва БАА Трампдан урушни давом эттиришни сўрамоқда — ОАВ

    Fors koʻrfazi davlatlari AQShning Eron bilan kelishuvga erishish rejasidan havotir bildirib, harbiy harakatlarni davom ettirish tarafdori ekanini maʼlum qildi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 25.03.2026 11:41

    'Yaqin Sharqda 23 kunlik mojaroda 2100 dan ortiq bola halok boʻldi yoki jarohat oldi.'ning rasmi

    Dunyo 25.03.2026 07:28

    Yaqin Sharqda 23 kunlik mojaroda 2100 dan ortiq bola halok boʻldi yoki jarohat oldi.

    Pentagonning ma'lumotiga ko'ra, AQSH Erondagi 9000 nishonga zarba bergan.

    'Саудия Арабистони ва БАА Эронга қарши урушга киришни муҳокама қилмоқда'ning rasmi

    Dunyo 24.03.2026 11:47

    Саудия Арабистони ва БАА Эронга қарши урушга киришни муҳокама қилмоқда

    Hozirda mazkur davlatlar harbiy infratuzilmalardan foydalanishga ruxsat berish va Tehronga iqtisodiy bosim o‘tkazish orqali AQShga yordam bermoqda.

    'Ким Чен Ин Лукашенкони Шимолий Кореяга таклиф қилди'ning rasmi

    Dunyo 24.03.2026 08:52

    Ким Чен Ин Лукашенкони Шимолий Кореяга таклиф қилди

    Tashrif davomida ikki davlat yetakchilari o'rtasida muzokaralar bo'lib o'tadi.

    'Kim Chen In: Shimoliy Koreya yadroviy maqomdan voz kechmaydi'ning rasmi

    Dunyo 24.03.2026 05:37

    Kim Chen In: Shimoliy Koreya yadroviy maqomdan voz kechmaydi

    Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Ir 15-chaqiriq Oliy xalq yig‘inida mamlakatning yadroviy davlat maqomi mutlaqo qaytarilmas ekanini ta’kidladi.