AsosiyJAMIYAT

Toshkentda tezlikni oshirgan Malibu qahvaxonaga kirib ketdi

Jabrlanganlar bor-yo'qligi haqida hozircha rasmiy ma'lumot berilmagan.

'Toshkentda tezlikni oshirgan Malibu qahvaxonaga kirib ketdi'ning rasmi

Bugun, 2 iyul kuni soat 05:40 atrofida Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanidagi Shota Rustaveli ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Malibu rusumli yengil avtomobil haydovchisi katta tezlikda harakatlangani oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotgan. Natijada avtomobil yo‘l chetida joylashgan qahvaxona binosiga kelib urilgan.

Hodisa oqibatida qahvaxonaga moddiy zarar yetgan. Jabrlanganlar bor-yo‘qligi haqida hozircha rasmiy ma’lumot berilmagan.

Ayni paytda mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan tegishli idoralar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar