AsosiyJamiyat

Kolumbiyada portlashda necha nafar kishi halok bo‘lgani ochiqlandi

Hodisa Panamerika shossesida odamlar gavjum paytda sodir bo‘lgan.

'Kolumbiyada portlashda necha nafar kishi halok bo‘lgani ochiqlandi'ning rasmi

Kolumbiyaning Kauka departamenti hududida yuz bergan kuchli portlash oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi, yana kamida 38 kishi jarohat oldi. Hodisa Panamerika shossesida odamlar gavjum paytda sodir bo‘lgan.

Hudud gubernatori Oktavio Gusman X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qilishicha, jabrlanganlar orasida 5 nafar voyaga yetmaganlar ham bor. Portlash yo‘l infratuzilmasiga, ayniqsa Panamerika shossesiga jiddiy zarar yetkazgan. Gubernator halok bo‘lganlar yaqinlariga hamdardlik bildirib, jarohatlanganlarga zarur yordam ko‘rsatilayotganini ta’kidladi.

Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro ushbu hujumni keskin qoralab, uni sodir etganlarni «terrorchilar, fashistlar va narkosavdogarlar» deb atadi. U xalqaro hamjamiyatni bu guruhlarga qarshi kurashni kuchaytirishga chaqirib, ularning moliyaviy manbalarini aniqlash va yo‘q qilish zarurligini bildirdi.

Rasmiylar hodisa yuzasidan tergov ishlarini olib bormoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Yakkasaroyda YTH: piyoda vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:21

    Yakkasaroyda YTH: piyoda vafot etdi

    Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    'Andijonda attraktsion konstruksiyasi sindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:16

    Andijonda attraktsion konstruksiyasi sindi

    Hodisa ortidan ikki kishi jarohat oldi

    'Andijonda 5,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan MChJ fosh etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:34

    Andijonda 5,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan MChJ fosh etildi

    Andijon shahrida ishlab chiqarish sexi elektrom tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, milliardlab zarar keltirgani aniqlandi.

    'Toshkent viloyatida mansabdor tadbirkordan 63 ming dollar talab qilgani uchun ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:04

    Toshkent viloyatida mansabdor tadbirkordan 63 ming dollar talab qilgani uchun ushlandi

    Favqulodda vaziyatlar tizimidagi rahbarlardan biri tadbirkordan katta miqdorda pul talab qilgani fosh etildi.

    'Samarqandda vasiy ayol ikki qizga zo‘ravonlik qilib, videoga olib onasidan pul talab qildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:36

    Samarqandda vasiy ayol ikki qizga zo‘ravonlik qilib, videoga olib onasidan pul talab qildi

    Bu holatni sodir etgan ayol bolalarni qo‘rqitish orqali ularning xorijdagi onasidan pul undirishga uringan.

    'Yaponiya ikki nafar o‘zbekistonlikni mamlakatdan chiqarib yubordi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:12

    Yaponiya ikki nafar o‘zbekistonlikni mamlakatdan chiqarib yubordi

    Yaponiyada migratsiya qoidalarini buzgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi.