Bugun, 26 aprel kuni Andijon shahridagi Z.M.Bobur nomidagi istirohat bog‘ihududida joylashgan attraksionlardan birida nosozlik sodir bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, attraksionning temir konstruksiya qismi sinib ketgan.
Hodisa vaqtida attraksionda bo‘lgan ikki nafar fuqaro pastga yiqilib tushgan. Oqibatda ular yengil turdagi tan jarohati olgan. Voqea joyiga tezkor xizmatlar jalb etilgan va jabrlanganlarga joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Shundan so‘ng ular tibbiyot muassasasiga yetkazilib, malakali shifokorlar nazoratiga olingan.
Mutasadii idoralar tomonidan hodisa sabablari o‘rganilmoqda. Attraksionlarning texnik holati va xavfsizlik qoidalariga rioya etilgan-etilmagani yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.






