AsosiyBU QIZIQ

Toshkentliklar eng koʻp qaysi sohada ishlayapti?

Statistika ochiqlandi.

'Toshkentliklar eng koʻp qaysi sohada ishlayapti?'ning rasmi

Toshkent shahrida band aholining eng katta qismi ulgurji va chakana savdo sohasida mehnat qilmoqda. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2026 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, poytaxtda mazkur tarmoqda 241,6 ming nafar aholi band. Bu ko‘rsatkich iqtisodiy faoliyat turlari orasida eng yuqori hisoblanadi.

Shuningdek, ishlab chiqarish sanoatida 188,9 ming, qurilish sohasida 161,2 ming, ta’lim tizimida esa 139,4 ming kishi faoliyat yuritmoqda.

Davlat boshqaruvi va mudofaa, shuningdek majburiy ijtimoiy ta’minot sohasida 118,6 ming nafar aholi mehnat qilsa, tashish va saqlash tarmog‘ida bandlar soni 103,1 ming kishini tashkil etgan.

Boshqa turdagi xizmatlar ko‘rsatish sohasida 96,2 ming, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar yo‘nalishida 79,1 ming, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda 77,1 ming kishi ishlamoqda.

Professional, ilmiy va texnik faoliyat sohasida 71,2 ming, axborot va aloqa tarmog‘ida 71,1 ming, moliyaviy va sug‘urta faoliyatida esa 43,5 ming nafar aholi band.

Eng kam ko‘rsatkichlar qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi (5,8 ming kishi), elektrenergiyasi, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash (7,7 ming kishi), shuningdek suv bilan ta’minlash hamda chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish sohalarida (13,5 ming kishi) qayd etilgan.

Statistik ma’lumotlar Toshkent shahri mehnat bozorida savdo, sanoat va qurilish tarmoqlari yetakchilik qilayotganini ko‘rsatmoqda.

    Boshqa yangiliklar