AsosiyBU QIZIQ

Bugun qanday ob-havo bo'ladi?

“O‘zgidromet” o‘z prognozlarini ma’lum qildi.

'Bugun qanday ob-havo bo'ladi?'ning rasmi

O'zbekistonning qator hududlarida qisqa muddatli yomg'ir yog'ishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Bu haqda O'zgidromet xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Toshkent shahrida havo biroz bulutli va o'zgaruvchan bo'ladi. Kechqurun qisqa muddatli yomg'ir yog'ishi, momaqaldiroq bo'lishi ehtimoli bor. Sharqiy yo'nalishda esuvchi shamol tezligi soniyasiga 3–8 metrni tashkil etadi, ayrim vaqtlarda 10–12 metrgacha kuchayishi va chang-to'zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22–24, kunduzi esa 36–38 daraja atrofida bo'ladi.

Qoraqalpog'iston Respublikasida kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg'ir va momaqaldiroq kutilmoqda. Shamol tezligi ba'zi hududlarda soniyasiga 13–18 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 18–23, kunduzi 32–37 daraja bo'ladi.

Xorazm viloyatida yog'ingarchilik kutilmayapti. Harorat kechasi 18–23, kunduzi 33–38 darajagacha ko'tariladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham yog'ingarchilik prognoz qilinmagan. Biroq ayrim joylarda shamol kuchayib, chang-to'zonlar kuzatilishi mumkin. Kunduzi havo harorati 36–41 darajagacha yetadi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg'ir va momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Harorat kunduzi 33–38 daraja atrofida saqlanib turadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yog'ingarchilik kutilmaydi. Harorat ayrim hududlarda 42 darajagacha ko'tarilishi mumkin.

Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida esa kechga yaqin ayrim joylarda qisqa muddatli yomg'ir yog'ishi va momaqaldiroq kuzatilishi ehtimoli bor. Kunduzi havo 33–38 darajagacha isiydi.

Respublikaning tog'oldi va tog'li hududlarida qisqa muddatli yomg'irlar, momaqaldiroqlar kuzatilishi mumkin. Mutaxassislar sel va suv toshqini xavfi mavjudligidan ogohlantirmoqda.

Shuningdek, sinoptiklar ma'lumotiga ko'ra, yozning eng issiq kunlarida respublika bo'ylab havo harorati 42–44 darajagacha, shimoliy, janubiy va cho'l hududlarida esa 45–47 darajagacha ko'tarilishi mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Hindistonlik erkak 5 yildan beri o'tirmasdan hayot kechirmoqda'ning rasmi

    BU QIZIQ 15.06.2026 12:10

    Hindistonlik erkak 5 yildan beri o'tirmasdan hayot kechirmoqda

    Mazkur ruhiy amaliyot shartlariga ko‘ra, u jami 12 yil davomida tik turgan holda yashashi lozim.

    'Dollar kursi pasaydi'ning rasmi

    BU QIZIQ 15.06.2026 11:36

    Dollar kursi pasaydi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 16 iyun kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

    'Ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda'ning rasmi

    BU QIZIQ 15.06.2026 02:35

    Ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

    Mutaxassislar sel va suv toshqini xavfi mavjudligidan ogohlantirmoqda.

    ''ning rasmi

    BU QIZIQ 14.06.2026 03:03

    'Ilon Mask dunyodagi birinchi trillionerga aylandi'ning rasmi

    BU QIZIQ 13.06.2026 06:18

    Ilon Mask dunyodagi birinchi trillionerga aylandi

    Bloomberg reytingiga ko‘ra, Tesla va SpaceX asoschisi bo‘lgan Maskning umumiy boyligi 1,11 trillion dollarga yetgan.

    'Hafta oxirida havo harorati 40 darajadan oshadi'ning rasmi

    BU QIZIQ 13.06.2026 02:50

    Hafta oxirida havo harorati 40 darajadan oshadi

    O‘zbekistonda hafta oxiri issiq va quruq ob-havo bilan o‘tadi.